So’nggi yangiliklar

16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  5 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  3 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  1 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  6 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  22 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1

Milan Mitrovich bilan bog'liq vaziyatda aslida nima bo'lgan edi? Yangiliklar

Milan Mitrovich bilan bog'liq vaziyatda aslida nima bo'lgan edi?

"So'g'diyona" jamoasi Superliganing 16-turida Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ldi.

Murosasiz kechgan bahsda hisob ochilmadi. O'yindagi barchaning diqqatini tortgan vaziyat Milan Mitrovich va bolboylar o'rtasidagi ziddiyatli vaziyat bo'ldi. Biz bu borada aniqlik kiritish maqsadida "So'g'diyona" kiperi Milan Mitrovich bilan bog'landik.


- Milan kecha aslida vaziyat qanday bo'lgan edi? 

- Mening narsalarimga tegishga hech kimning haqqi yo'q. Bu mening muqaddas suvim edi. 

- Sizningcha suvingizga kim tegingan va olib qo'ygan?

- Bilmayman. Darvoza ortida kim turganini bilmayman. SHunchaki olib qo'ymadi, o'g'irladi. Buning farqi katta. 

- Ayrimlar uchun vaziyat o'yin cho'zish holatidek ko'rindi...

- Qolganlarning fikri meni qiziqtirmaydi. Nega muqaddas suvimni o'g'irlagani qiziqtiradi. Mening narsamni o'g'irlashga kimning haqqi bor? Orangizda duo qilgan narsangizni kimdir o'g'irlab ketsa, qanday his qilasiz?

- Uchrashuvdan so'ng mazkur holatga aniqlik kiritish uchun stadiondagilar bilan gaplashdingizmi?

- Yo'q men darhol ketdim. CHunki bizning massajistimiz u erga kelib menga suvni qaytarib berishlarini so'rashganda, ular uni qaytarib berishdi va o'yin tugashi bilan nima bo'lganini o'zlari ko'rishdi. 

- Mish-mishlarga qaraganda "So'g'diyona" doktori adashib suvingizni olib ketib qolgan?

- Endi ular meni ayblash uchun turli gaplarni yozishadi. Lekin nima bo'lishidan qatiy nazar menga baribir men shunday munosabatda bo'ldim. Ular men uchun muqaddas narsani o'g'irlashsa, yana javob berishimni aytdim.  To'pni yig'ayotgan bolalar bunday qilmasdi. Menimcha, bu odam bolalarga mening suvimni o'g'irlash kerakligini aytgan. 

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика