"Milan" Maykl Kerrikni tekinga qo'lga kiritishi mumkin

Narzulla Saydullayev
4 mar 2015, 10:02
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maykl Kerrik yozda erkin agent sifatida "Milan"ga ko'chib o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda Calciomercato News nashri.
Tajribali futbolchining mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Hozirgacha tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida muzokara olib borishgani yo'q. Ushbu mavsumda Maykl Kerrik Angliya premer ligasida 13ta o'yinda maydonga tushdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net