"Milan" Leauni sotishga qaror qildi va o'yinchining narxini malum qildi
12 iyu 2021 15:07
Yangiliklar
"Milan" Leauni sotishga qaror qildi va o'yinchining narxini malum qildi
Portugaliyalik forvard Rafael Leau "Milan"dan ketishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, italyan klubi rahbariyati 22 yoshli futbolchining sotuvidan 25-30 mln evro ishlab olmoqchi. Leauga shuningdek "Marsel", "Everton" va "Vulverxempton" qiziqish bildirmoqda.
Forvard o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Rafaelning "rossonerilar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar