"Milan" Kessega yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qildi
12 dek 2020 15:24
Yangiliklar


"Milan" Kessega yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qildi
"Milan" vakillari 23 yoshli ivuarlik yarim himoyachi Frank Kesse bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Tomonlar muzokalar jarayonida olg'a siljishdi. Milanliklar o'yinchiga 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishdi.
Kessening italyan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi joriy mavsum klub safida 18ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar