“Milan” Ker bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda
17 noy 2020 09:32
Yangiliklar
“Milan” daniyalik himoyachi Simon Ker bilan kelishuvni uzaytirishni istamoqda. Futbolchi o'zining maydondagi harakatlari bilan klub rahbariyatiga maqul kelgan. Milanliklar futbolchiga ayni damdagi shartnomasi shartlari asosida yana 1 yillik kelishuv taklif qilishi kutilmoqda. Ker hozirda klubda yiliga 1,2 mln evro maosh oladi.
31 yoshli futbolchi joriy mavsum “Milan” safida 13 ta o'yinda qatnashdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi.
Fikrlar