"Milan" Kandreva bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda
14 avg 2021 11:03
Yangiliklar
"Milan" Kandreva bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda
"Sampdoriya" futbolchisi Antonio Kandrevaga "Milan" qiziqish bildirmoqda.
Klub yaqin vaqtlarda 34 yoshli o'yinchining transferi borasida rasmiy taklif berishni rejalashtirmoqda.
"Rossonerilar" zaxirani kengaytirish uchun o'yinchi izlashmoqda. Genuyaliklar esa yaxshi taklif tushsagina, Kandrevani qo'yib yuborishga tayyorlar.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 8ta assist qayd etdi. Xavbekning shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar