"Milan" hujumchisi Rebich "Verona"ga qarshi o'yinda mushak jarohatini oldi
17 okt 2021 13:07
Yangiliklar
"Milan" hujumchisi Rebich "Verona"ga qarshi o'yinda mushak jarohatini oldi
"Milan" hujumchisi Ante Rebich Italiya chempionati 8-tur doirasidagi "Verona" (3:2)ga qarshi o'yinda mushak jarohatini oldi.
28 yoshli xorvatiyalik futbolchi o'yinning 36-daqiqasida jarohati sabab almashtirildi.
O'yinchining bungacha tovon bilan bog'liq muammolari bor edi, endi u boshqa joyidan jarohat olgan bo'lishi mumkin.
Rebich 2021/22 yilgi mavsum "Milan" safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar