"Milan" Gattuzoning maoshini 16 baravarga oshirmoqchi
26 mar 2018 15:48
Yangiliklar


"Milan" Gattuzoning maoshini 16 baravarga oshirmoqchi
"Milan" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Jannaro Gattuzo bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi.
Joriy mavsum jaomani boshqara boshlagan 40 yoshli mutaxassisning yangi bitim bo'yicha yillik maoshi hozirgisidan 16 bavarar ko'p bo'ladi. Gap 2 mln. evro haqida ketmoqda. Ayni damda uning yillik maoshi 120 ming evro.
Gattuzo jamoaga kelganidan so'ng "Milan" A Seriyaning 23ta uchrashuvida 13ta g'alabaga erishdi va dekabrdan beri Italiya chempionati o'yinlarida mag'lub bo'lmayapti.
Jamoa Italiya Kubogi finaliga chiqdi va turnir jadvalida CHempionlar ligasi hududiga yaqin joylashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar