"Milan" Fabregasni sotib olmaydi

Mirjalol Normatov
31 dek 2019, 11:57
"Milan" hali ham "Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregasning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Football Italia" xabariga ko'ra, "rossoneri"lar 31 yoshli xavbekni sotib olmoqchi emas. Ispaniyalikning shartnomasi ushbu yozda yakunlanadi. Italiya jamoasi futbolchini sotib olmasdan erkin agent sifatida shartnoma imzolamoqchi.

Bu mavsumda Fabregas "Chelsi" tarkibida 14 o'yinda 1 gol urib, 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia