"Milan" Donnarummaning maoshini oshirishga tayyor
28 dek 2020 22:41
Yangiliklar


"Milan" Donnarummaning maoshini oshirishga tayyor
"Milan" rahbariyati darvozabon Janluijji Donnarummani tarkibda olib qolishni istamoqda.
"Corriere della Sera" xabariga ko'ra, milanliklar posbonga yiliga 7 mln evro maosh berishga tayyor turibdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.
Donnarummani ayni damda "Yuventus" hamda "Inter" kabi klublar kuzatib bormoqda. Uning agenti Mino Rayola ekanligini inobatga olsak, har narsa bo'lishi mumkin.
Donnarumma "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 16 yoshida A Seriyada debyut qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar