Milan derbisidan oldin "Inter"da jiddiy yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
15 okt 2020, 23:58
"Inter" hujumchisi Aleksis Sanches "Milan"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

"ADN" xabariga ko'ra, futbolchi Chili termasi tarkibida jiddiy jarohat olgan. Ayni damda uning derbida qatnashishi so'roq ostida qolmoqda. Shuningdek, u YCHL doirasida "Borussiya"ga qarshi o'yinda ham qatnashmasligi mumkin.

"Inter" va "Milan" jamoalari ishtirokidagi o'yin 17 oktyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ushbu mavsumda forvard Italiya chempionatida 3 o'yinda qatnashdi va 2 golga assistentlik qildi.

Sanchesning "Inter" bilan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ADN