"Milan" CHalxanoglu bilan muzokaralar olib bormoqda
28 dek 2020 23:21
Yangiliklar


"Milan" CHalxanoglu bilan muzokaralar olib bormoqda
"Milan" rahbariyati yarim himoyachi Hoqon CHalxanoglu bilan muzokaralar olib bormoqda.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, milanliklar rahbariyati turkiyalik futbolchining maoshini oshirishga tayyor turibdi. Unga ko'ra, "Milan" Xoqonga yiliga 3,5 mln evro maosh to'lashga rozi bo'lmoqda. Futbolchining o'zi esa 5 mln evro maosh so'ramoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.
Xoqon ushbu mavsumda A Seriyaning 14 o'yinida 1 gol va 6 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar