"Milan" bosh direktori jamoani tark etadi
10 noy 2022 19:14
Yangiliklar
"Milan" bosh direktori Ivan Gazidis klubni tark etishini elon qildi. Funkcionerning "rossoneri" bilan shartnomasi 5 dekabrga qadar tuzilgan va u uzaytirilmaydi.
"To'rt ajoyib va og'ir yildan so'ng "Milan"ni tark etyapman. Meni tom manoda qutqargan bu klub, uning xodimlari, muxlislari va bu shahardan qarzdorman.
Agar klub hozir men kelgan davrdan ko'ra yaxshiroq ahvolda bo'lsa, bu atrofimdagi odamlarning mehnati tufayli. Men ular bilan ishlash baxtiga muyassar bo'lganimdan xursandman. Ular klubni yangi bosqichga olib chiqishlariga shubha qilmayman", – dedi Gazidis.
Gazidis "Milan"da 2018 yilning dekabridan buyon ishlamoqda. Uning boshqaruvida "rossoneri" CHempionlar Ligasiga qaytdi va Italiya chempioniga aylandi.
Fikrlar