"Milan" "Bordo" yarim himoyachining xaridi bo'yicha taklif berdi
10 avg 2021 10:33
Yangiliklar
"Milan" "Bordo" yarim himoyachining xaridi bo'yicha taklif berdi
"Milan" "Bordo" yarim himoyachisi Yasin Adlining xaridi bo'yicha taklif tayyorladi.
Italiya klubi 21 yoshli franciyalik futbolchi uchun 10 million evro to'lashga tayyor. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Adli "Milan" bilan shartnoma imzolaydigan Liga 1'ning uchinchi futbolchisi bo'lishi mumkin. Bunga qadar italyan klubi "Lill"dan darvozabon Mayk Menyan va "Monako"dan himoyachi Fode Ballo-Tureni o'z safiga qo'shib olgan edi.
Yasin Adli PSJ tarbiyalanuvchisi. U o'tgan mavsum Franciya chempionatida 35ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar