"Milan" Boateng uchun kurashga qo'shildi

13 yanv 2020, 01:35
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng "Milan" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Sky in Italy" xabariga ko'ra, "rossonerilar" markaziy himoyachi qidirishmoqda. Germaniyalik futbolchi himoya chizig'ini kuchaytirishi mumkin bo'lgan variantlardan biri hisoblanadi. Avvalroq Londonning "Arsenal" klubi Boateng borasida muzokarala olib borayotgani haqida xabar berilgandi.

O'z navbatida "Bavariya" himoyachini 15 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky in Italy