"Milan" "Benfika" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
26 jan 2020 23:08
Yangiliklar


"Milan" "Benfika" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Benfika"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Florentinu Luish faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
Bu haqida "Tuttosport" xabar qildi. Takidlanishicha, "rossonerilar" futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 18 oyga ijaraga olishni maqsad qilgan. Ayni paytda Luishning transfer qiymati 20 mln evroga barobar. U joriy mavsum "Benfika" safida 13 uchrashuvda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar