"Milan" "Barselona" himoyachisini 23 mln evroga sotib olmoqchi
24 iyu 2020 22:42
Yangiliklar
"Milan" "Barselona" himoyachisini 23 mln evroga sotib olmoqchi
Ijara asosida "Betis"da o'ynayotgan "Barselona" futbolchisi Emerson faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Simone Kristao tvitterda yozishicha, futbolchiga "Milan" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
Italiyaliklar 21 yoshli futbolchini ijaraga olmoqchi edilar, biroq "Barsa" bunga ko'nmadi. "Rossoneri"lar endi Emersonni 23 mln evroga sotib olishni rejalashtirishmoqda. Lekin kataloniyaliklar transferdan 30 mln evro ishlab olishmoqchi bo'lib turibdi.
Himoyachi ushbu mavsumda LaLigada 34 o'yinda 3 marta raqiblari postiga yo'l topdi.
Fikrlar