"Milan" Bakkani nishonga olgan
11 apr 2015 15:16
Yangiliklar


"Milan" Bakkani nishonga olgan
"Sevilya" hujumchisi Karlos Bakka "Milan" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Xabarlarga ko'ra, qizil-qoralar rahbariyati hujum chizig'i uchun futbolchi qidirmoqda va joriy mavsum yakunida Mattia Destro jamoani tark etadi. Milanliklar "Roma"dan 24 yoshli hujumchining transfer huquqini xarid qilishdan bosh tortdi. 28 yoshli Bakka bu mavsum "Sevilya" safida 44ta uchrashuvda ishtirok etib, 6ta golli pas berdi va 20ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar