"Milan" argentinalik hujumchiga qiziqmoqda
14 iyu 2020 10:44
Yangiliklar
"Milan" argentinalik hujumchiga qiziqmoqda
"Taleres" hujumchisi Nauel Bastos faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, agentlar janubiy amerikalik futbolchilarning sotuvini muhokama qilish uchun "Milan" rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazgan.
Aynan shu suhbatlarda Bastosning ehtimoliy transferi ham gapirilgan. Ammo, "rossonerilar" o'yinchining shartnomasida yozilgan 15 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga tayyor emas.
Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar