"Milan" aprel oyi boshida Leau bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda
23 mar 2022 14:20
Yangiliklar
"Milan" aprel oyi boshida Leau bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda
"Milan" tez orada hujumchi Rafael Leau bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni yakunlashni rejalashtirmoqda.
Italiya klubi rahbariyati aprel oyi boshida 22 yoshli portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh bilan muzokaralar olib boradi va unda tomonlar kelishuvga erishishmoqchi.
Leauning yangi shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan, futbolchi bonuslarsiz 4,5 million evro maosh oladi.
Leau 2021/22 yilgi mavsum "Milan" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar