So’nggi yangiliklar

03:30Евро-2004. Учар ликопчага қиёсланган тўп, инглизни пичоқлаган Вадим Абрамов, келишилган ўйин, қўлқопсиз пенальти қайтарган дарвозабон ҳамда допинг билан турнирнинг энг яхши ўйинчисига айланган футболчи ҳақида ҳикоя қиламиз  0 00:55"Барселона" Нико Уильямс трансфери ўхшамаса, кимни сотиб олиши маълум  0 00:27Пальинья "Бавария" билан тўрт йиллик шартнома имзолайди. Трансфер нархи ҳам маълум (Фабрицио Романо)  0 00:05Ўзбекистон кубоги. "Машъал" – "Қизилқум" 1:3. Highlights  0 23:39Расман: Пётр Зелиньски – "Интер" футболчиси!  2 23:05Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" "Машъал"ни қўшимча бўлимларда мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  8 22:43Евро-2024. Чорак финалнинг иккала марказий ўйинини англиялик ҳакамлар бошқаради  1 21:52"Манчестер Юнайтед" тахминан 250 нафар ходимини ишдан бўшатади. Тежалган пул эса...  9 21:22Нимели Ўзбекистонда қолмайдиган бўлди  11 20:57Эшитдик-да! "Сурхон" ҳужумчиси "Пахтакор"га ўтди  13 19:30Ўзбекистон U-23 терма жамоаси билан Осиё Кубогида қатнашган қайси футболчилар Олимпиадага бормайди?  33 19:05"Марсель" Канада терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолади  0 18:42"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди. Ҳожимат Эркинов Олимпиада учун қайдномадан ўрин олмади  49 18:27"Рубин" футболчиси билан шартномани бекор қилди  0 18:19Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Олимпиадада иштирок этадиган таркиби эълон қилинди!  93

"Milan" afsonasi Paolo Maldini bilan intervyu Yangiliklar

"Milan" afsonasi Paolo Maldini bilan intervyu

“Sport 360”ga bergan intervyusida “Milan”ning afsonaviy himoyachisi Paolo Maldini klubni sotish, futbolda uzoq yillik faoliyati sirlari va maydondagi eng kuchli raqiblari xususida berilgan savollarga javob qaytardi.


Paolo Maldini, Franko Barezi va Alessandro Kostakurta kabi futbolchilar sodiqlik namunasi bo'lib xizmat qilishgan. Paolo 24 yillik faoliyati davomida 26 sovringa ega chiqqan. U faoliyatini tugatgandan keyin jamoa faqat bir bor chempionlikka erishdi.

- Hozir bir joyda ko'p o'ynash oson emas. Men Milanda tug'ildim va qadrdon klubim bilan barcha muvaffaqiyatga erishdim. Hozir bundaylarni kamdan-kam uchratasan. Har kimning o'z maqsadi bor. O'ynashni boshlaganimda italiyalik futbolchilar boshqa mamlakatga ketishni xohlashmasdi. Endi bu odatiy qabul qilinadi. Menimcha, to'g'ri odamlar to'g'ri klubga duch kelsa, bundan ajoyib narsa chiqadi. “Milan”da butun faoliyatini o'tkazgan ko'plab o'yinchilar bo'lgan. Bizga osonroq edi, chunki g'alaba shukuhi shunchalik yashardiki, hech kim jamoani tark etishni istamasdi, - deb takidladi Paolo.

- Maldinining futbolda uzoq yil faoliyat ko'rsatishi siri nimada?

- Ota-onamning kelib chiqishida. Bu ham muhim jihatlardan biri. Yana menga faoliyatimni jarohatsiz o'tkazishimda omadim kelgan. SHular tufayli “Milan”da 25 yil o'ynash nasib etdi.

- Hozirgi jamoa o'sha “Milan”ning soyasiga o'xshaydi. Silvio Berluskoni klubdagi 30 yillik boshqaruvini tugatishga tayyorgarlik ko'ryapti va yangi xo'jayinlar bilan klub yana shuhratini tiklashi mumkin. Bunga qanday qaraysiz?

- Klubni sotish vaqti kelgan. Berluskoni jamoaga boshqa pul sarflashni istamayapti. Endi unda “Milan”ga etibor qaratish uchun oldingidek vaqt yo'q. Lekin klub hamisha uning yuragida qoladi, u jamoani juda sevadi. Biroq uni sotiyu yuborishning payti etdi.

Keyingi mavsum oson bo'lmaydi. Navbatdagi xo'jayin kim bo'lishi aniq emas. U klubning necha foizini sotib olishi aniq emas. Mavsum deyarli boshlanmoqda, demak ko'p yangi futbolchilarni kutish kerak emas.

- Vinchenco Montellaning tayinlanuviga qanday qaraysiz?

- U ajoyib futbolchi bo'lgan va Montellaga qarshi o'ynash juda qiyin kechgan. U boshqargan klublar ham ajoyib futbol namoyish qilgan. Ular to'pni yaxshi nazorat qiladi. Ko'ramiz, jamoaga kim keladi va u bilan nima qilish mumkin bo'ladi, ammo Montella “Milan” uchun yaxshi tanlov.

- Siz bilan tengdosh futbolchilarning murabbiylik faoliyati haqida fikringiz qanday?

- Antonio Konte, Karlo Anchelotti, Frank Raykaard – ular tug'ma murabbiy. Hayotni o'zgartirish, o'yinchidan murabbiyga aylanish – katta qadam. Bunga tayyor bo'lish kerak. Konte boshidan bunga tayyor bo'lgan. U futbol tarixini yozadigan yosh murabbiylardan biridir.

Maydonda u hech qachon taslim bo'lmagan va endi o'yinchilardan ham shuni talab qiladi. Italiyada Evro-2016dan oldin muammolar ko'p edi. Bir qator yarim himoyachilar safdan chiqishdi. Lekin Konteni bu tashvishlantirmadi. Umid qilamanki, Antonio “CHelsi”da muvaffaqiyatlarga erishadi. Premer-liga umuman boshqa olam. U dastlab chempionatni tushunib olib, keyin o'yinchilarga ulardan nima xohlashini tushuntirishi kerak. Oson bo'lmaydi, lekin u buning uddasidan chiqadi deb o'ylayman.

- O'g'lingiz Kristian asosiy tarkibdan joy olsa, sizga umrbod topshirilgan 3-raqamli libosda maydonga tushishi mumkin.

- Oxirgi ikki yilda Kristian ko'p o'ynamadi, chunki ikki bor bir tizzasini sindirib oldi. Uning yoshida bunday jarohatlardan so'ng tiklanish og'ir, shuning uchun unga sardorlik bog'ichini ishonib topshirishdi. Bolalarim qanday o'ynayotganini ko'rganimda bundan faxrlanaman.

Ayni paytda eng kuchli himoyachi kim?

– Tiago Silva. O'tgan yili u juda yaxshi o'ynamadi, lekin terma jamoaga nega chaqirishmaganini bilmayman. Braziliyalik orasida unga teng keladigan himoyachi yo'q. Unda hamma narsa bor: fikrlash, texnika, kuch, havoda o'ynash – eng yaxshi bo'lish uchun barchasi.

Sizga qarshi o'ynagan eng yaxshi futbolchi kim?

– Diego Maradona. Yana“Inter”da o'ynagan paytda Ronaldo. Unga qarshi o'ynash qiyin edi. chunki u katta, 80 kilogrammdan og'irroq edi, biroq dahshatli darajada tez va texnikali.

– Mashg'ulotlarda eng qiyin raqib kim bo'lgan?

– 1994 yil Ruud Gullit mashg'ulotda o'ng qanotda o'ynagan. Odatda uchrashuvda o'sha erda o'ynamasdi, ammo qarshilik qilish oson kechmagan. Gullit ajoyib futbolchi bo'lgan.

“Milan” o'yinlarini haligacha tomosha qilasizmi?

– Futbol ko'rishni yoqtiraman. O'zim doim o'ynaganman va shu sababli ishqiboz bo'lmaganman. “Milan”ning muhim uchrashuvlariga tashrif buyurish imkoniyati yuzaga kelsa, bundan juda xursand bo'laman.

– Bilishimiz bo'yicha tennisni yoqtirasiz. Eng yoqtirgan tennischingiz kim?

– Tizzalarim avvalgidek emas, lekin do'stlarim bilan tennis o'ynashni yoqtiraman. Rojer Federerni kuzatish ko'proq yoqadi. Jokovich oxirgi paytlarda yaxshi bo'lsa-da, Federer shunchaki ajoyib.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика