“Milan” 23 ta o'yindan beri yutqazmayapti
30 okt 2020 09:52
Yangiliklar


“Milan” 23 ta o'yindan beri yutqazmayapti
“Milan” Evropa Ligasi guruh bosqichi 2-turida “Sparta”ni 3:0 hisobida taslim qildi.
Milanliklar barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 23 ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. “Rossonerilar” bu o'yinlarning 17 tasida g'alaba qozonib, 6 tasida durang qayd etdi. Stefano Pioli jamoasining bu ceriyasi o'tgan mavsum restartidan so'ng boshlangan. “Milan” so'nggi bor mart oyida o'z uyida A Ceriya doirasida “Jenoa”ga 1:2 hisobida yutqazgandi.
Jamoa navbatdagi o'yinini A Ceriya doirasida 1 noyabrda “Udineze”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar