Mikel Arteta: “Pepga rahmat. Murabbiy sifatida undan judayam minnatdorman”
02 avg 2020 08:14
Yangiliklar
Mikel Arteta: “Pepga rahmat. Murabbiy sifatida undan judayam minnatdorman”
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya kubogi finalidagi g'alabadan so'ng Pep Gvardiolaga o'z minnatdorchiligini izhor qildi.
Arteta “Arsenal”ga bosh murabbiy etib tayinlanishiga qadar uch yil davomida “shaharliklar” murabbiylar shtabida Gvardiolaga ko'maklashgan.
“Pepga har tomonlama katta rahmat deyman. Aynan uning mehnatlari tufayli men ayni paytda murabbiylik qilayapman.
Bosh murabbiylik faoliyatimni boshlaganimda kimdar menga aynan shu yo'l orqali ketishimni aytganidami... SHunchaki echinish xonasidagi muhitga qarang, biz ko'rsatayotgan o'yinga etibor qiling – men hammasidan ham ko'proq shu holatlar uchun faxrlanaman” dedi Arteta BT Sport nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar