Mikel Arteta "Bornmut" bilan durangdan keyin: "O'yin menga yoqdi"
26 dek 2019 23:12
Yangiliklar


Mikel Arteta "Bornmut" bilan durangdan keyin: "O'yin menga yoqdi"
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Bornmut"ga qarshi (1:1) debyut bahsidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mashg'ulotda rejalashtirganlarimizni bugun maydonda namoyish qila oldik. Kayfiyat, xohish va o'yinga bo'lgan munosabat men kutgandan yaxshiroq bo'ldi. Jamoa bunday ritmda o'ynashga odatlanmagan. O'yin shiddatli kechdi va menga juda ham yoqdi.
O'zilga kelsak, menimcha yaxshi o'ynadi. U maydonda ancha ter to'kdi. O'zilning uzatmalaridan keyin 3-4 ta gol urishimiz mumkin edi, ammo hujumni yakunlashda muammolarga duch keldik", – deydi Arteta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar