Mikel Arteta: "Biz ikkala jarima maydonchasida ham juda yaxshi o'ynadik"
21 sen 2023 17:37
Yangiliklar
Mikel Arteta: "Biz ikkala jarima maydonchasida ham juda yaxshi o'ynadik"
Mutaxassis jamoaning o'yinidan mamnun.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta CHempionlar Ligasi 1-turi doirasidagi PSVga qarshi o'yin (4:0) natijasi haqida fikr bildirdi.
"Biz zavqlandik. Birinchi daqiqalardanoq oldinga o'tdik. Biz ikkala jarima maydonchasida ham juda yaxshi o'ynadik va CHempionlar Ligasida yutuqqa davogarlik qilishni istasangiz, shunday o'ynashingiz shart. Jarima maydonchalari orasidagi harakatlarni yaxshilash kerak, lekin ularning ichida biz fenomenal o'ynadik", – dedi murabbiy.
"Arsenal" CHempionlar Ligasidagi navbatdagi o'yinini 3 oktyabr kuni mehmonda Abduqodir Husanovning "Lans" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar