Mikael Sekeyra: "Penalti o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi"
21 sen 2021 22:00
Yangiliklar
Mikael Sekeyra: "Penalti o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi"
Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (3:2) bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildiridi.
- O'yin haqida
- Birinchi taymda ikki jamoa teng o'yin ko'rsatdi. Ikkinchi taymda yaxshi natija ko'rsatishga urindik. Darvozamiz tomon belgilangan penalti meni o'ylantirmoqda. Hali o'yinni ko'rib chiqsak, bir xulosaga kelamiz. Penalti o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi. Jamoamizning kayfiyati tushib ketdi va "Bunyodkor" yutdi.
- Jamoa ikkinchi raqam ostida o'ynagandek tuyuldi. Ayniqsa, ikkinchi taymda bu yaqqol sezildi...
- Avvalo, biz taktik rejamiz bo'yicha harakat qildik. Xavfli holatlar hosil qildik. Azizbek Amonov va G'ulom Haydar G'ulomovda vaziyatlar bo'ldi. "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman!
Fikrlar