Mikael Sekeyra "Lokomotiv" Toshkentga qaytishidan oldin Turkiyada yig'ilish o'tkazdi
12 fev 2021 12:07
Yangiliklar


Mikael Sekeyra "Lokomotiv" Toshkentga qaytishidan oldin Turkiyada yig'ilish o'tkazdi
28 yanvardan boshlangan Turkiya yig'ini o'z nihoyasiga etdi. "Temiryo'lchilar" o'tgan 15 kun mobaynida Side shahrida mavsumga tayyorgarlikni olib borishdi.
"Lokomotiv" bugun Toshkentga qaytib, dushanbadan yana mashg'ulotlarni davom ettiradi. Turkiya yig'ini yakunida bosh murabbiy Mikael Sekeyra jamoa azolari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Yig'ilishda portugaliyalik murabbiy yig'in qanday o'tgani bo'yicha o'z xulosalari bilan o'rtoqlashdi. So'zga chiqqan "Lokomotiv" PFK sport direktori Ravshan Muqimov ham yig'in bo'yicha o'z fikrlarini bildirib, joriy mavsumda jamoaga omad tiladi.
O'z navbatida "temiryo'lchilar" sardori Kaxi Maxaradze ham yigitlar nomidan so'z olib, jamoa bu yil faqat yuqori o'rinlar uchun harakat qilishini aytib o'tdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar