So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  5 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  19 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

Mikael Sekeyra: "Ikkinchi bo'limda taktikani o'zgartirish hisobiga g'alaba qozondik" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Ikkinchi bo'limda taktikani o'zgartirish hisobiga g'alaba qozondik"

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Mashal" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o'tdi.





"Birinchi bo'limni juda yaxshi boshladik. Barchasini to'g'ri bajarayotgandik. Bitta xatodan so'ng o'zimizga o'zimiz gol olib keldik. Ikkinchi bo'limda taktikani o'zgartirdik, deya olaman. Bugungi g'alabamiz shuning hisobiga qo'lga kiritildi. Ikkinchi bo'limda juda chiroyli imkoniyatlar yaratildi. Mavsum davomida oxirgi daqiqalarda omadimiz kelmayotgandi. Bugun esa aksi kuzatildi. So'nggi daqiqalarda omadimiz keldi. G'alabani adolatli, deb hisoblayman. Futbolchilar o'z ishlarini yaxshi bajarishdi. To'rtta o'yindan beri o'yin poyoniga etib borayotganda gol qo'yib yuborayotgan edik. Fikrimcha bunday mag'lubiyatlar boshqa bo'lmaydi",- deydi Mikael Sekeyra. 

- "Nasaf" o'z maydonida "Bunyodkor"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Ushbu o'yinga etibor qaratasizmi?

- To'g'risini aytsam boshqa jamoalarning ishiga qiziqmayman. Bizning vazifa o'z o'yinimizni yaxshilash.  "Bunyodkor" bilan bahsda 2:1 hisobida yutayotganimizda omad kelmadi. Vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Bugun shunday holat takrorlanmasligi uchun harakat qildik. Mashg'ulotlarda qattiq ishladik. Futbolchilar xarakter ko'rsatib berishdi. "Mashal" ham juda yaxshi shakllangan jamoa. Ular beshta himoyachi bilan o'ynashadi. Bo'sh joy qoldirishmaydi. SHunga qaramasdan natijani o'z tomonimizga og'dira oldik. 

- "Lokomotiv" kuchli raqiblar bilan o'yinlarda ochko olmoqda. Kuchiz raqiblarga mag'lub bo'lyapti. Qaysidir manoda barqarorlik yo'qdek. Bu nima bilan bog'liq? 

- Har bir o'yinda omad zarur. Biz juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqdamiz. Muhim o'yinda yigitlar harakat qilishdi. Futbolchilar juda yaxshi formada. Aytganimdek omad kelsa hech gap emas.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика