So’nggi yangiliklar

10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  2 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  11 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  11 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  7 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  11 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  19 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  2 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  2 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  19

Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o'yin uslubimni to'liqligicha singdirib bo'lmadim" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o'yin uslubimni to'liqligicha singdirib bo'lmadim"

Superliganing 18-turi doirasida "Surxon"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ishtirok etdi.





- Birinchi bo'limda juda ham zo'r o'yin namoyish qildik, faqatgina gol etishmadi. Ikkinchi bo'limning dastlabki 20 daqiqaligida ham zo'r o'yin ko'rsatdik. Adolatli g'alabaga erishdik, deb hisoblayman. Yigitlar g'alaba uchun qattiq harakat qilishdi. Bu g'alaba jamoada ishlayotgan barchaniki.

- So'nggi uch yilda "Lokomotiv"da faqatgina ushbu mavsumda mazmunli o'yin ko'ryapmiz. Siz o'z o'yin uslubingizni to'liqligicha singdirib bo'ldingizmi?
- Futbolchilar ko'p narsalarni o'rganishdi. Hali ular o'sish jarayonida. Ha, boshida qiynaldik. Mashg'ulotlarda futbolchilarning o'yin davomida vaziyatlarga qarab qaysi poziciyalarda o'ynashi uqtirib boriladi. Bu narsa o'z samarasini bermoqda.

- Aziz Amonov ko'p gol urmoqda. Buning sababi markaziy hujumga ko'chirilganimi yoki murabbiy ko'rsatmasimi?
- Futbolchilarga individual sifat berishni yomon ko'raman. Jamoa umumiy ko'rinishda o'sishga erishmoqda. Aziz ham jamoadagi boshqa futbolchilar kabi o'smoqda. SHu sababli u terma jamoaga chaqirildi. Ko'plab futbolchilarda o'sishni ko'ryapmiz. Bugun Igor CHikrizov ham maydonga tushdi.

- "Surxon" bosh murabbiyi Jasur Jaloliddinovni futboldan boshqa ishlarga chalg'iyotgani sababli jismoniy holati yaxshi emasligini aytdi. Bu haqida nima deysiz?
- Har bir futbolchi bir xilda ishlashi kerak. Kimning tayyorgarligi yaxshi bo'lsa, o'shalar o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi.

- Jamoada o'sish katta. Umumiy fikrlash yuqori darajada. Biroq vaziyatlarni yakunlashda negadir futbolchilarning mahorati etishmayapti.
- Fikringizga qo'shilaman. Birinchi bo'limda bunday vaziyatlar ko'p bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa tushuntirishlar berildi va vaziyatlardan foydalandik.

- Jamoada Jasur Jaloliddinov hamda Temurxo'ja Abduxoliqovda fikrlash yuqori darajada. Buni o'stirish kerak.
- Tavsiya uchun rahmat. Bu borada ishlaymiz.

- Odatda biz Marat Bikmaevning zaxiradan maydonga tushishini ko'rardik. Bu safar Igor CHikrizov maydonga tushirildi. Igorning tayyorgarligi Maratdan yaxshiroqmi?
- Barcha futbolchilar 100 foizga tayyor edi. SHunchaki men Igorga imkon berdim va uning o'zini ko'rsatishini istadim. SHu sababli har bir futbolchi o'yinga tayyor turishi kerak.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика