So’nggi yangiliklar

10:10Рафинья Неймар, Кака, Ривалдо рекордини янгилади  1 09:54Суперлиганинг илк турида ҳакамлар нечта хатога йўл қўйишди?  2 09:41Суперлиганинг 2-турида ишлайдиган расмийлар билан танишинг  3 09:33«Реал» етакчиси «Атлетико»га қарши учрашувни ўтказиб юбориши мумкин  3 09:04«Ливерпуль» ёзда 5 нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 08:35Харри Кейн тарихий натижани қайд этди  2 08:10Элит ОЧЛ. "Пахтакор" сафарда "Ал-Ҳилол"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди.  11 08:02Sofascore. Кечаги учрашувда «Пахтакор» футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:33"Пахтакор" бош мураббийи ўйиндан кейин нималар деди?  16 03:45ЕЧЛ. ПСЖ пенальтилар сериясида "Ливерпул"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди. "Бавария" ва "Интер" ҳам чорак финалда  131 03:05Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" ўз майдонида "Пахтакор"га тўртта гол урди  159 00:45ЕЧЛ. "Барселона" жавоб ўйинида "Бенфика"га ҳеч қандай имконият қолдирмади ва чорак финалга йўл олди  86 23:42"Пахтакор" ва "Ал Ҳилол" ўзаро ўйинлар тарихи  6 23:41"Барселона" – "Бенфика" учрашувида рўзадор футболчилар оғиз очиб олиши ўйин тўхтатиб турилди  17 23:25Фримпонг "Барса" ёки "Реал"га ўтмоқчи  6

Mikael Sekeyra: "Bugun "Navbahor"dan yaxshiroq o'ynadik. O'zbekistonga pul uchun kelmaganman" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Bugun "Navbahor"dan yaxshiroq o'ynadik. O'zbekistonga pul uchun kelmaganman"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" (1:0) uchrashuvidan so'ng poytaxt klubi bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi navbatda, "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Odatda bu jamoaning o'yinlariga ko'p muxlislari tashrif buyurishadi. "Lokomotiv" bugun mezbonlardan yaxshiroq o'yin ko'rsatdi. O'yinni nazorat qildik. Ammo bugun "Navbahor" darvozaboni eng yaxshi o'yin ko'rsatdi. Xursand qiladigan jihati, bugun futbolchilarimiz ko'rsatlarimizni yaxshi bajarishdi. O'ylashimcha, futbolchilarimiz haqiqiy jamoaviy o'yin ko'rsatishdi. Biz yaratgan vaziyatlar payti to'p darvoza to'siniga tegdi, darvozabon qaytardi. To'g'ri, o'yin oxirida bitta xato evaziga gol o'tkazib yubordik. O'yinda g'alaba qozonish uchun barcha ishni bajardik, lekin omadimiz yurishmadi.

Avvalambor, O'zbekistonga pul uchun kelmaganman. Asosiy maqsadim bu erdagi futbol rivojiga hissa qo'shish. Bugungi o'yinga avvaldan tayyor bo'lib kelgandik, shunga yarasha o'yin namoyish etdik. Asosiy maqsadimiz maydon markazida to'pni raqibga bermaslikka intildik. Bilasiz, kim imkoniyatlardan foydalana olmasa, raqib kelib gol urib ketadi. Bugun ham shunday bo'ldi.

Odatda, "Navbahor" muxlislari stadionni to'ldirib turishadi. Pandemiya sabab ularning yo'qligi albatta, bilindi.

"Navbahor"da yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Birinchi navbatda, muxlislari ko'pligini ham takidlamoqchiman. Hamma narsa bor bu jamoada. Qandaydir kamchiliklari bo'lsa ular vaqti soati bilan bartaraf bo'ladi, albatta.

Abduxoliqov deyarli bir oy o'ynamadi. Bugun 70-daqiqa o'ynagan bo'lsa, astoydil harakat qildi. Unga biroz vaqt kerak yaxshi formaga kirib olishi uchun. Raqib jamoa darvozaboni yaxshi o'ynamaganida, bugun biz natijaga erishishimiz mumkin edi. Men berayotgan jismoniy yuklamalarga bugun tarkibimizda yig'ilgan futbolchilarning hammasi tayyor. SHunchaki, biroz omad etishmayapti. Ko'ryapsizlar, bir o'yinda omad kelyapti, boshqasida esa yo'q. Har qanday holatda ham, bu erdan boshimdan tik ko'targan holda, "Lokomotiv" o'yinini yaxshilagach ketaman",- deydi Mikael Sekeyra

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика