So’nggi yangiliklar

17:07ЖЧ-2026 саралаши. КХДР - Қатар 0:0  8 17:05Ўзбекистон ва Қирғизистон терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи.  0 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия - Австралия 0:0  0 16:52Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувига мезбонлик қилаётган Бишкек шаҳрида тартибни 3 минг полициячи назорат қилмоқда  5 15:56Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувини кимлар шарҳлайди?  16 15:35⚡️Мундиаль юлдузлари дастхати туширилган тўпларни ютиб олинг!  0 15:05Тен Хаг "Аякс"дан келган шогирдини қўйиб юборгиси келмаяпти  3 14:36"Фенербахче" ўз таркибига А Сериядан ярим ҳимоячи қўшиб олди  1 14:01"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетиш ниятидалигини маълум қилди  2 13:13БМБ футзал клуби Панама ва Венесуэлага қарши ўртоқлик учрашувлари ўтказди   3 12:49Эдегор Австрияга қарши ўйинда жароҳат олди  2 12:36Долен Омурзаков ким бўлган?  11 12:18"Мустақиллик Кубоги-2024" мусобақаси якунланди. Бош соврин Оҳайо штатига йўл олди  2 11:56Футзал. Коста-Рика терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 11:35"Ал Насср" Криштиану Роналдуга Италиядан янги мураббий топди  18

Mikael Sekeyra: "O'zbekistonga dam olib ketish uchun kelmadim" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "O'zbekistonga dam olib ketish uchun kelmadim"

Bugun Toshkentning "Lokomotiv" futbol klubi yangi futbolchilarni tanishtirdi.

Tanishtirish marosimidan so'ng klub bosh murabbiyi Mikael Sekeyra va klub sport direktori Ravshan Muqimov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.


-Ravshan aka, Sekeyrani taklif etayotganda, uning qanday jihatlariga etibor qaratdingiz?

-Mutaxassis "Braga"da samarali faoliyat olib borgan. Portugaliyalik mutaxassislarga ortiqcha tarif berib o'tirish shart emas. Darvozabonlarimiz murabbiyi ham bu borada o'z tavsiyasini berdi. Keyin bu borada rahbariyatga taklif berdik. U haqida malumotlar to'pladik, o'rganib chiqdik. Keyin unga taklif bilan chiqdik. U o'z klubi bilan shartnomasi bo'lishiga qaramay, biz bilan ishlashga rozi bo'ldi. Nasib qilsa, barchasi reja asosida kechmoqda. O'yinlar boshlansa, buning natijasini barchangiz ko'rasiz.


-Murabbiy xatto futbolchilarga oshni ham taqiqlab qo'yganlari haqida eshitdik. Futbolchilarimizga Evropacha futbol muhitini singdirish qiyin bo'lmayaptimi?

-Avvalambor barchangizga rahmat aytmoqchiman. Futbolchilarning ovqatlanish masalasiga keladigan bo'lsak, o'zgarishlarni barcha futbolchilarimiz to'g'ri qabul qilishdi. O'zgarishlar sababli ular o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. Mashg'ulotlarda yaxshi ishtirok etishmoqda. 

-10 yanvardan buyon jamoa bilan birgasiz. Yaqinda chempionat boshlanadi. Mavsum starti oldidan qanday fikrdasiz? 

-Ikki oy mobaynida barcha tayyorgarlikni amalga oshirdik. Qilgan mehnatlarimiz o'z samarasini bermoqda. Barchasini futbolchilar yaxshi tushunib turishibdi. Biz davom etishimiz lozim. Ko'tarilish uchun faqat mehnat qilishimiz lozim. 


-SHunday murabbiylar bo'ladiki, ular jamoa imkoniyatidan kelib chiqqan holda ishlashadi, taktika tuzishadi. Bazilar esa o'z taktikasiga qarab, futbolchilar tanlashadi. Sekeyra bu borada qanday murabbiy?

-Fikrimcha, jamoamizda qobiliyatli futbolchilar etarli. G'alaba qozonish uchun bazi o'zgarishlar qilmoqdamiz, chunki hozir zo'r o'yinchilarga ega jamoalar bor, ammo ularning natijalari yaxshi bo'lmasligi mumkin. SHuning uchun, biz bir jamoa bo'ldikmi, barcha ishni to'g'ri tashkil etishimiz lozim. SHu sababli, kelganimdan buyon tashkiliy masalalarda, bitta jamoa bo'lib ishlashni maqsad qilib qo'yganman. Bu hozirgi vaqtgacha o'z samarasini bermoqda. 

-"Lokomotiv"dek kuchli jamoada o'tgan yili pasayish kuzatildi. Bu yil esa muxlislar klubdan ko'p narsa kutishmoqda...

-Birinchi navbatda, o'tgan yilgi holatlarni engib o'tib, ularni esdan chiqarishimiz lozim. SHuning uchun, natija orqali barcha qilgan mehnatimizni ko'rsatib bermoqchimiz. Bu erga shunchaki kelib, dam olib ketish uchun kelmaganmiz. Natija ko'rsatish uchun faqat va faqat harakat qilishimiz lozim. Yana shuni qo'shimcha qilmoqchimanki, biz o'yinga faqatgina g'alaba qozonish uchun tushamiz. Buni har bir futbolchining ongiga singdirishimiz lozim. 


-Evropadan O'zbekistonga keldingiz. Boshqacha muhit. O'zbek futbolchilaridagi qaysi kamchiliklarni bartaraf etsangiz yuqori darajaga chiqishimiz mumkin?

-Murabbiyning ilk navbatda o'z maqsadi, g'oyasi bo'ladi. Masalan, uy qurayotganingizda ham fundament bo'lishi lozim. Agar uy qurayotganimizda sarflayotgan materialimiz zo'r bo'lsa, uyimiz ham shunga yarasha bo'ladi. Futbolda ham shunday. Bizda yaxshi futbolchilar bor. Ishonamanki, ushbu futbolchilar bilan biz juda zo'r jamoa bo'lamiz. 


 -Kelganingizdan so'ng, bir haftaga kichik tatil oldingiz. Bu vaqt ichida "Loko"ni kuzatib turdingizmi?

-Bu vaqtda ham jamoani to'liq kuzatib turdim. Nafaqat "Lokomotiv", balki O'zbekistonning boshqa jamoalarini ham kuzatib turdim. Bugun tanishtirgan futbolchilarimizning barchasini o'zim tanladim. Bunday futbolchilar bilan, o'z maqsadimizni amalga oshiramiz.  

-"Lokomotiv" ishtirokidagi o'yinlarda Evropacha o'yinlarni ko'ramizmi? Jamoa o'yinda hisobni saqlab qolish uchun ham o'ynashi mumkinmi?

-Biz xech qachon to'xtab qolmaymiz. Hujumkor o'yin namoyish etamiz. Hisobni saqlab qolish uchun o'ynamaymiz. Agar raqib jamoa bizni himoyaviy o'yin ko'rsatishga majbur qilsa, boshqa taktika bo'yicha o'ynaymiz. Biz barcha raqiblarimizni hurmat qilamiz.


-Gvardioladek murabbiyda faqatgina qisqa paslar orqali o'yinni tashkil qilish uslubi bor. Ko'pchilik murabbiylarda esa "A", "B", "S" planlar bo'ladi? Sizda nechta reja bor?

-Menda faqatgina bitta reja bor - faqat g'alaba qozonish. Doimo raqiblardan yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz. Boshqacha rejamiz yo'q. 


Ravshan Muqimovga savol: 9 martdan chempionat boshlanadi. Bu yilgi Superliga qanday o'tishini taxmin qilasiz va unda "Lokomotiv"ning ishtirokini qanday taxmin qilasiz?

-Boshqa klublarni bilmadim, lekin bizni klubga qiyin bo'ladi. CHunki, bizga yangi bosh murabbiy keldi. Klubda ko'p o'zgarishlar ro'y berdi. Yigitlarda taktik sxemalar o'zgardi. Biz oldinga qarab yuramiz. Maqsadimiz sari yuz foiz harakat qilamiz. 





Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика