Mika Richards: "Xart kuchli darvozabon ekanligini isbotladi"
19 mar 2015 17:12
Yangiliklar


Mika Richards: "Xart kuchli darvozabon ekanligini isbotladi"
Ijara asosida "Fiorentina"da to'p tepayotgan "Manchester Siti" himoyachisi Mika Richards "shaharliklar" darvozaboni Jo Xartga yuqori baho berdi.
"Mutaxassislar "Barselona"ga qarshi bahsda unga munosib baho berishadi degan umiddaman. Xart kuchli darvozabon ekanligini isbotladi" - deydi Richards.

Fikrlar