So’nggi yangiliklar

12:12Санчо Италиянинг қайси клубига ўтмоқчи?  0 11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  0 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  3 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  6 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  9 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0

Migel Rodrigo: "Yaponiya o'rtacha, Qatar fantastik o'ynadi" Yangiliklar

Migel Rodrigo: "Yaponiya o'rtacha, Qatar fantastik o'ynadi"

Teglar :  Futzal
Osiyo chempionati 1-turidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida dastlab yaponlar murabbiyi Migel Rodrigo ishtirok etdi.

"Qatar ayni paytda kuchli jamoaga aylanib bo'lgan. Tarkibda kuchli futzalchilar bor. Qatar juda yaxshi o'ynadi. Kecha ham aytgandim, bu jamoada kuchli murabbiylar shtabi bor. SHu bois bugungi natija o'yinga yarasha bo'ldi deb o'ylayman", - deydi Migel Rodrigo.


- Bugungi o'yinda jamoaingizning qaysi jihati yoqdi?

- Himoya bo'lishi mumkin. Himoyada tartibli o'ynadik va raqibga hujum qilish imkonini deyarli bermadik. Raqibda 2ta gol urish uchun imkoniyat yuzaga keldi. Yaponiyada mahoratli va tezkor futzalchilar bor. Lekin bugan etakchilarimizning o'yinidan qoniqish hosil qilmadik. Ular o'z darajalarida o'ynay olishmadi.


- Qaysi shogirdingizni o'yini sizga ko'proq yoqdi?

- Darvozabon. Ikkita vaziyatda jamoamizni goldan qutqardi. Jamoaning o'yinidan esa qoniqmadim.


- Yaponiya terma jamoasi aynan bugungi kunda musobaqaga 100 foizga tayyormi? Yoki jamoa musobaqa davomida yanada kuchayib boradimi?

- Albatta o'yinimizni oshirib borishimiz kerak. Himoyalanishda 80 foiz, hujum qilishda 30 foiz potencialimizni ishga soldik deb o'ylayman.


- Biz bilgan oldingi Yaponiya terma jamoasini ko'rmadik...

- Kechagi matbuot anjumanida aytib o'tgandim jamoalarning saviyasi o'sgan. Qatarda kuchli murabbiylar shtabi bor. Bugungi kunda yaxshi futzalchilardan tashqari kuchli murabbiylar shtabi ham kerak. Bugun biz o'rtacha, Qatar fantastik o'ynadi deyish mumkin.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика