Metyu Stinvorden - "Paxtakor" futbolchisi
28 iyu 2023 12:15
Yangiliklar
Metyu Stinvorden - "Paxtakor" futbolchisi
30 yoshli markaziy himoyachi jamoamizning yangi futbolchisiga aylandi.
Toshkent klubi futbolchi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagan.
"Feyenoord" klubi tarbiyalanuvchisi sanalgan Stinvorden hozirgacha Gollandiyaning "Feyenoord", "Ekselsior", "Dordrext", "Kambuur" va Xorvatiyaning "Gorica" klublari sharafini himoya qilgan. 2019 yildan beri Xorvatiya klubida o'ynagan. Faoliyati davomida chempionatlarda 250 o'yinda 15 gol muallifi bo'lgan. Stinvorden "Paxtakor"da o'ynaydigan gollandiyalik birinchi futbolchiga aylanadi. U erkin agent sifatida jamoamizga ko'chib o'tdi.
Metyuga "Paxtakor"dagi faoliyati g'alaba va sovrinlarga boy bo'lishini tilaymiz. "SHerlar" safiga xush kelibsan!", - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar