"Metallurg"ning xorijga ilk uchirmalari
07 jan 2015 15:50
Yangiliklar

"Metallurg"ning xorijga ilk uchirmalari
Avval xabar berganimizdek, “Metallurg” futbolchilari CHirchiq shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirishmoqda.
Futbolchilar har kuni ikki mahal chigilyozdi mashqlaridan tashqari to'p bilan ishlash borasidagi ko'nikmalarini oshirib borishyapti. Bunda tarkibning ikkiga bo'lingan holda o'tkazayotgan o'yinlari qo'l kelyapti.
Kutilganidek, jamoa to'purari SHahzodbek Nurmatovning “Al Riffa” bilan shartnoma imzolashi ehtimoli yuqori. Aynan shu maqsadda u Bahraynga uchib ketdi. Jamoa pleymeykerlaridan biri Sunnatilla Mamadaliev esa Eron klubida ko'rikda bo'lib qaytgandi. Ammo u legionerga aylanmaydiganga o'xshaydi. Mamadaliev ayni paytda Toshkent viloyatining boshqa bir jamoasi “Olmaliq” mashg'ulotlarida ishtirok etayapti.
Eng katta o'zgarishlar “Metallurg”ning yoshlar tarkibida bo'lishi kutilmoqda. Ayni paytda Fevzi Davletov hamda Odil Isaboevlar qo'l ostida Bekobodda 35-40 nafar futbolchilar mashg'ulotlarda qatnashishyapti. Kimlarning tarkibda olib qolinishini vaqt ko'rsatadi. Keyingi haftadan yoshlar tarkibi ham ko'rik o'yinlarini o'tkazishga kirishadi. Dastlabki o'yin Olmaliqda mahalliy klubning yoshlariga qarshi 16 yanvarda bo'lishi aniqlandi. Asosiy tarkib va yoshlarning boshqa uchrashuvlari haqida keyinroq malumot beramiz.

Fikrlar