So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  0 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  9 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  36 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

"Metallurg"ga qarshi o'yinda xet-trikka erishgan, Albaniya va Makedoniya chempioni bo'lgan Hebay haqida bilasizmi? Yangiliklar

"Metallurg"ga qarshi o'yinda xet-trikka erishgan, Albaniya va Makedoniya chempioni bo'lgan Hebay haqida bilasizmi?

Teglar :  AndijonRubin Hebay
"Metallurg"ga qarshi bahs "Andijon" hujumchisi uchun unutilmas kun bo'ldi.

Coca Cola Superligasining 7-turidan o'rin olgan "Andijon" — "Metallurg" uchrashuvida mezbonlar raqiblar darvozasiga javobsiz beshta to'p kiritdi. SHulardan uchtasiga jamoaning albaniyalik hujumchisi Rubin Hebay mualliflik qildi. 25 yoshli forvard, shuningdek, yana bir golda assist vazifasini bajardi hamda bir marta darvoza ustunini nishonga oldi. O'zining unutilmas kunlaridan birini boshdan kechirgan legioner futbolchi o'zi kim?

Rubin Hebay 1998 yilning 30 iyulida Albaniyada tavallud topgan. 14 yoshga to'lgach, Hebay "Vlazniya" klubining 15 yoshgacha bo'lgan o'smirlar jamoasida futbolchilik faoliyatini boshlaydi. Aynan U-15 "Vlazniya" jamoasi bilan milliy mintaqaviy chempionatda g'olib bo'ladi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. Bir mavsumdan so'ng u jamoaning boshqa yosh toifasi tarkibiga qo'shiladi. 2016/17 yilgi mavsumda u "Vlazniya B" jamoasi safida Albaniyaning uchinchi darajadagi chempionatida qatnashib, uch o'yinda ikkita gol urgan. 

2015 yilning 28 oktyabr kuni futbolchi Albaniya kubogi doirasida “Apoloniya”ga qarshi o'yinning 70-daqiqasida Santyago Martines o'rniga zaxiradan maydonga tushib, “Vlazniya”ning asosiy jamoasi safida debyut qiladi. Ikki yillik faoliyati davomida u asosiy jamoa safida 23 o'yinda harakat qilib, 4 ta gol urishning uddasidan chiqadi.


2017 yilning 22 iyunida Hebay Sloveniyaning "Domzale" klubi bilan uch yillik shartnomaga imzo chekadi. 30 iyul sanasida "Ankaran"ga qarshi debyut qilgan futbolchi dastlabki golini 27 avgust kuni "Krshko" klubiga qarshi bahsda nishonlaydi. O'sha uchrashuvda Rubin golli uzatma ham amalga oshiradi, biroq uning samarali harakatlari jamoasiga yordam bera olmaydi — "Domzale" 2:4 hisobida yutqazadi.

2018 yil davomida futbolchi "Partizan" safida ijara asosida to'p tepadi. Mavsumning dastlabki qismida tarkibga kirishda muammolarga duch kelgan Rubin "Tirana"ga qarshi poytaxt derbisida hal qiluvchi rolni o'ynadi. Zaxiradan maydonga tushib, raqib darvozasini ishg'ol qilgan futbolchi jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasini taminlab, peshqadamlikni saqlab qolishida yordam beradi. O'sha mavsum "Partizan" chempionat g'olibiga aylanadi.

Keyinchalik qisqa muddat "Vorskla" sharafini himoya qilgan futbolchi 2020 yilning yanvarida "Teuta" bilan yarim yillik shartnoma imzolaydi. Yangi klubi safida "Tirana"ga qarshi bahsda debyut qilgan futbolchi "Luftetari"ga qarshi o'yinda ilk to'pini kiritadi. 

2019/20 yilgi mavsum Albaniya kubogini qo'lga kiritgan Hebay avgust oyida mamlakat superkubogi doirasida "Tirana"ga qarshi uchrashuvda dublga erishib (2:1), jamoasiga superkubok sovrinini tuhfa etadi. Biroq uning chempionatdagi ishlari yurishmaydi, yangi mavsusdagi 11 o'yinda atigi 1 gol urgan futbolchi bilan mamlakat chempioni o'rtasidagi shartnoma bekor qilinadi.

SHundan so'ng Rubin 2021 yilning yanvarida SHimoliy Makedoniyaning "SHkendiya" jamoasi bilan ikki yarim yillik bitimga qo'l qo'yadi. Uning bu erda ishlari yomon bo'lmadi, futbolchi jamoasi bilan mamlakat chempioniga aylandi, o'zi esa 26 bahsda 4 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.


2022 yilni esa futbolchi yana "Teuta" safida o'tkazadi va 35 uchrashuvda 11 marotaba raqib posbonlarini ranjitadi. 


2023 yilning fevralida esa Rubin Hebay erkin agent sifatida "Andijon" safiga kelib qo'shildi va ikki yillik shartnoma imzoladi.

Hebay, shuningdek, Albaning turli 17, 19 va 21 yosh toifalaridagi terma jamoa safida ham harakat qilgan. SHu jumladan, 21 yosh toifasida Maltaga qarshi bahsda dublga erishgan.

25 yoshli hujumchi hozircha yangi jamoasi safida 5 o'yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Bundan tashqari, u "Surxon"ga qarshi o'yinda hakam tomonidan chetlatildi. Transfermarkt portali tomonidan 350 ming evroga baholangan futbolchining kelgusi faoliyati qay darajada sermahsul bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика