So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  8 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  2 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

"Metallurg" yoshlari va asosiy tarkibi durang o'ynadi Yangiliklar

"Metallurg" yoshlari va asosiy tarkibi durang o'ynadi

O'tgan hafta yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan “Metallurg” jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Ilgari xabar berganimizdek, yoshlarimiz Olmaliqda, asosiy tarkib esa Toshkentda – “Bunyodkor” o'rinbosarlariga qarshi maydonga chiqishdi. Har ikkala uchrashuvda bir xil durang natija qayd etildi – 1:1.

Olmaliqda bo'lgan uchrashuvda Fevzi Davletov hamda Odil Isaboev etakchiligidagi yoshlarimiz o'yin davomida g'alaba qozona turib, uni saqlab qolishning uddasidan chiqa olishmadi. Birinchi taymda mezbonlar darvozaboni to'pga chiqishda qo'pol o'ynadi va penaltidan Aziz Alimov unumli foydalanib, hisobni ochgandi. Ikkinchi taymda “Olmaliq” jamoasi yoshlari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi.

Asosiy tarkibning “Bunyodkor” yoshlariga qarshi o'yinida Olmaliqdagi uchrashuvning aski kuzatildi. Dastavval bunyodkorchilar hisobni ochishdi va birinchi taymni o'z foydalariga hal etishdi. Ikkinchi taymda o'yin suratini oshirgan bekobodliklar mag'lubiyatdan qutilib ketishdi. Javob goli muallifi Saidjon Abdujabborov bo'ldi.
Jamoadagi yangiliklarga to'xtaladigan bo'lsak, yangi o'yinchilar kelib qo'shilmadi. O'z navbatida jamoani tark etganlar ham yo'q. Faqatgina nazorat o'yinlari va mashg'ulotlarda biroz lat eganlar bor. Jumladan, Ayubxon No'monovni oyog'idan, Alisher Ziyovuddinovni esa belidan olgan jarohat bezovta qilmoqda. Umid qilamizki, bu jarohatlar unchalik og'ir emas va ular tez orada yana mashg'ulotlarni davom ettirishadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика