So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  26 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

"Metallurg" yangi mavsumga tayyormi? Mudofaasi mustahkamlangan bekobodliklarni yubileylar kutmoqda Yangiliklar

"Metallurg" yangi mavsumga tayyormi? Mudofaasi mustahkamlangan bekobodliklarni yubileylar kutmoqda

Championat.asia har bir klub qishki tanaffusda qanday o'zgargani haqida malumot berishda davom etadi. Navbat Bekobodning "Metallurg" jamoasiga etib keldi.


Tayyorgarlik Antaliyada 

"Metallurg" 2023 yilgi mavsumga o'z qarorgohida tayyorgarlik olib borgan va xorij yig'ini o'tkazmagan edi. 2024 yil klubda buning uchun imkoniyat yuzaga keldi. Dastlabki bosqich Bekobodda, ikkinchisi Antaliyada olib borildi. Birinchi yig'inda Steshevich shogirdlari bitta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. 

"Paxtakor" U21 - "Metallurg" 0:1

Turkiyadagi taraddud doirasida o'tkazilgan nazorat uchrashuvlari. 

"Metallurg" – "Vardar" – 0:2

"CHernomorec" – "Metallurg" – 1:1

"Elimay" – "Metallurg" – 1:1.

"Metallurg"– "Jetisu" – 2:1

“Orenburg”– "Metallurg" – 3:0

23 fevraldan Bekobodda tayyorgarlikni davom ettirgan jamoa azolari 25 fevral kuni 2ta nazorat uchrashuvi o'tkazdi. 

"Metallurg" – "OKMK" U-21 – 5:1

"Metallurg" – "Xo'jand" – 5:0

Transferlar

Qishki transferlar vaqtida klub Damir Temirov, Aleksandr Lobanov kabi nomdor futbolchilari bilan xayrlashdi. Bundan tashqari Danial Mahini, Vladimir Vagin, Muhammadali Aliqulov, Bektemir Abdumannonov, Mirkomil Abdurazzoqov, Muhammadaziz Ibrohimov kabi futbolchilarga javob berib yubordi. 

Ularning o'rniga Davronjon Ergashev, Sirojiddin Qo'ziev, Marko Milichkovich, Boban Jorjevich, Abbos Otaxonov, Hazrat Tursunqulov, Mirg'iyos Sulaymonov jalb etildi. Ergashev va Otaxonov Bekobod mudofaasini mustahkamlashi tabiiy. Legionerlarga esa hali baho bera olmaymiz. Mavsum startidagi asosiy yo'qotish Zabihillo O'rinboevdir. Hujumchi dekabr oyida Turkiyada jarrohlik amaliyotini o'tagan edi. 

"Metallurg"ning Superliga-2024 uchun qaydnomasi


“Metallurg” bir qator yubileylar bo'sag'asida


Superliganing bu yilgi bahslarida bekobodlik futbol ishqibozlari bir qator kichik yubileylar shohida bo'lishlari kutilayapti. Jumladan, “Metallurg” 4-turda kuchlilar safidagi 750-uchrashuvini o'tkazadi. Vesko Steshevich shogirdlari bu yilgi mavsumni sermahsul boshlashsa, “Metallurg”ning 900-goli yaqin turlar ichida kuzatiladi. Hozirgacha bekobodliklar raqiblar darvozasiga 895 ta gol urgan. 

Bevosita “Metallurg”ning kuchlilar safidagi statistikasiga to'xtaladigan bo'lsak, hozirgacha bekobodliklar 746 ta o'yinda maydonga tushishgan: 248 ta g'alaba, 156 ta durang, 344 ta mag'lubiyat. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi – 895:1120.

“Metallurg”ning kuchlilar safidagi eng yirik g'alabasi – 6:0 (2001 – “Semurg'”, 2006 – “Xorazm”, 2016 – “Mashal”). Eng yirik mag'lubiyati esa – 0:7 (2003 – “Navbahor”, 2004 – “Nasaf”).

Qaysi brenddan foydalanadi?

"Metallurg" bu yil "Adidas" brendi formalari va ekipirovkalaridan foydalanadi. Aytish mumkinki, klub bir necha yillardan buyon muntazam ravishda shu brend bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика