So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

“Metallurg”: Vodiy safariga tayyorgarlik boshlandi Yangiliklar

“Metallurg”: Vodiy safariga tayyorgarlik boshlandi

Teglar :  Metallurg
Mamlakat milliy chempionatining 12-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi safarda “Navbahor”ga qarshi to'p suradi.

Bu o'yin 21 iyun kuni bo'lib o'tadi. “Bunyodkor” jamoasiga qarshi kechgan qiyin uchrashuvdan keyin bekobodliklarga bir kunlik dam berildi va uik-enddan etiboran navbatdagi turga hozirlik jarayoni boshlandi. O'z navbatida shanba kuni poytaxtimizdagi JAR stadionida O'zbekiston U-19 jamoasi bilan nazorat uchrashuvi ham bekobodliklarning “Navbahor”ga qarshi o'yiniga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi.

“Metallurg” dushanba kuni Namangan sari yo'lga chiqadi. O'tgan mavsum bekobodliklar Namanganda mezbonlar bilan jangovor durangga imzo chekishgandi. Birinchi davrada 2-turda kechgan mazkur uchrashuvda hisobni mehmonlar vakili Alisher Ziyovuddinov ochgandi. Ammo birinchi bo'limning o'zidayoq maydon egalari Azim Ahmedov va Dilshod Jabborovning gollari evaziga oldinga chiqib olishgandi. “Navbahor” mazkur uchrashuvda g'alaba “cho'ntakda” deb turgan paytda mehmonlar so'nggi hujumda penalti ishlashgan. 11 metrlik nuqtadan jarima zarbasini Dilmurod Karimov aniq amalga oshirib, durangni rasmiylashtirgandi – 2:2.

Bu yil Namanganda bo'lib o'tadigan o'yinni andijonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Temur To'xtasinovga qanotlarda Anvar Marajabov hamda Ziyodullo Abdurahmonovlar yordam berishadi. Zahiradagi hakam gulistonlik Baxtiyor Yulcharaev.

SHu o'rinda o'tgan mavsum Temur To'xtasinov “Metallurg” ishtirokidagi uchta uchrashuvda ishlaganligini aytib o'tish lozim. Bekobodliklar safarda “Navbahor” bilan durang o'ynagan, “Qo'qon 1912” jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ygan va Samarqandning “Dinamo” jamoasini o'z uyida mag'lubiyatga uchratgan. Bu yilgi mavsumda esa andijonlik hakamlar “Metallurg” ishtirokidagi o'yinga birinchi marta tayinlandi.

Navbahor (Namangan) – Metallurg (Bekobad)
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Mametov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика