"Metallurg" Turkiyada Qozog'iston klubini mag'lub etdi
09 fev 2017 11:07
Yangiliklar
"Metallurg" Turkiyada Qozog'iston klubini mag'lub etdi
Raqib Qozog'istonning “Akjayik” jamoasi bo'ldi. O'yin hamyurtlarimizning ustunligi ostida o'tdi va “Metallurg” 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 13-daqiqada bekobodliklarning hujumini qaytarish chog'ida “Akjayik” himoyachisi to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'ygan bo'lsa, 35-daqiqada “Metallurg” to'purari Zohid Abdullaev o'zini ko'rsatdi.
“Metallurg” navbatdagi ko'rik-o'rtoqlik uchrashuvini 11 fevral kuni Ukrainaning “Volyn” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Bekobodliklar “Akjayik”ka qarshi uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazishdi:
“Metallurg”: Zafar Safoev, Mirg'iyos Sulaymonov, Vusol Mageramov, Dostonbek Tursunov, Davron Karimqulov, Jahongir Abdumo'minov, Doniyor Ismoilov, Sanjar Qodirqulov, Ayubxon No'monov, Dilmurod Karimov, Zohid Abdullaev.
Zaxira: Suhrobjon Sultonov, Hikmat Hoshimov, Jasur Ahmedov, Kamronbek Kopadze, Alisher Ziyovuddinov, Farhod Namozov, Doniyor Odilov, Islom Isoqjonov, Muhammadodil Qahramonov, Umid Rahimov, Zuhrillo Boboev, Murodjon Toshmatov.
"Metallurg" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar