So’nggi yangiliklar

07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  26 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  23 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14

“Metallurg” Turkiya yig'inini yakunladi Yangiliklar

“Metallurg” Turkiya yig'inini yakunladi

Teglar :  Metallurg
Bekobodning “Metallurg” jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida tashkillashtirilgan ikki haftalik o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunladi va mamlakatimizga qaytib keldi.

Belek shahrida bekobodliklar yig'in davomida beshta nazorat uchrashuvini o'tkazdi va shulardan 3 tasida g'alaba qozondi, ikkita uchrashuvda esa imkoniyatni boy berdi. Yig'inning so'nggi kuni poytaxt viloyati vakillari Ukrainaning “Dnepr” (CHerkask) jamoasiga qarshi o'tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Garchi, “Metallurg” bu o'yinda to'liq ustunlikka erishgan bo'lsa-da, futbolchilarimiz yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. O'z vaqtida sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibida 12 ta uchrashuvda maydonga chiqib, raqiblari darvozasiga 1 ta gol urgan Vadim Evtushenko shogirdlari esa birgina imkoniyatdan foydalanib, g'alabani ilib ketishdi. O'tgan yilgi mavsumda birinchi ligada ikkinchi o'rinni egallab, kumush medallarni qo'lga kiritgan “Dnepr” jamoasi bu mavsum o'z oldiga kuchlilar safiga chiqish vazifasini qo'ygan. Oxirgi o'yinga doir yana bitta malumot, uchrashuv bosh hakamiga yon chiziqda o'zbekistonlik sobiq laynsmen Rafael Ilyasov yordam berdi.

Murabbiylar shtabi jamoa O'zbekistonga etib kelgach, o'yinchilarga kichik tatil berdi. Keyingi yig'in esa chorshanba kunidan etiboran yana CHirchiq shahrida davom ettiriladi.

“Metallurg” – “Dnepr” – 0:1 (0:0). 18.02.2017 yil. Belek shahri.
Hakamlar:
Nikolay Voloshin, Rafael Ilyasov, Dmitriy Koloskov, Mixail Volkov.
Nazoratchi hakam: Sergey Macura.
“Metallurg”: Suhrob Sultonov, Davron Karimqulov, Hikmat Hoshimov, Doston Tursunov, Mirg'iyos Sulaymonov, Doniyor Odilov, Islom Isoqjonov, Jahongir Abdumo'minov, Sanjar Qodirqulov, Dilmurod Karimov, Zohid Abdullaev.
Zahira: Zafar Safoev, Ayubxon No'monov, Doniyor Ismoilov, Alisher Ziyovuddinov, Muhammadodil Qahramonov, Umid Rahimov, Kamronbek Kopadze.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика