"Metallurg": Tayyorgarlik boshlandi, rejada o'rtoqlik o'yini bor Yangiliklar

"Metallurg": Tayyorgarlik boshlandi, rejada o'rtoqlik o'yini bor

Teglar :  Metallurg
2017 yilgi mavsum yakuniga etgach tatilga ketgan “Metallurg” futbol klubi o'yinchilari kechadan etiboran CHirchiq shahrida jamlanishdi va yangi mavsum tayyorgarligini boshlab yuborishdi.

Futbolchilarimiz “Kimyogar” stadionida dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishayapti.

Mazkur yig'in davomida asosiy etibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini tiklashga qaratiladi. Yig'in 30 dekabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Aynan o'sha kuni “Metallurg” nazorat uchrashuvi o'tkazadi va keyin futbolchilarga Yangi yil bayrami munosabati bilan kichik tatil beriladi. Nazorat uchrashuvi yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final raundiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasiga qarshi o'tkazilishi kutilmoqda. O'yin o'tadigan manzil va vaqti haqida qo'shimcha malumot beramiz.

CHirchiq shahrida boshlangan yig'inga shtgan yilgi tarkibda to'p surgan futbolchilarning barchasi va ijara asosida boshqa klublarda o'ynagan futbolchilarimiz ham etib kelishgan. O'z navbatida 25 dekabr sanasida “Metallurg” jamoasi azolari futbolchilarning jismoniy holati bo'yicha O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlarini topshirishadi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика