"Metallurg": Tatil yakuniga etdi, yig'in boshlandi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2014, 17:42
Ilgari xabar berganimizdek, Metallurg jamoasi a'zolari 15 dekabr ertalabdan Toshkent viloyati Chirchiq shahriga yetib kelishdi.
2015 yilgi mavsumga tayyorgarlik rejalashtirilganidek Yangi yilga roppa rosa 15 kun  qolganda boshlandi.

Shunisi e'tiborga sazovorki, bekobodliklar tarkibida o'tgan mavsumda jamoa sharafini  himoya etgan futbolchilarning barchasi yetib kelishdi. Kunning ikkinchi yarmida futbolchilar katta murabbiy Mikola Shevchenko yetakchiligida dastlabki mashg'ulotni o'tkazishga hamulgurishdi. 

Kimyogar stadionida uyushtirilgan birinchi kungi mashg'ulotda yigitlar kross yugurishni amalga oshirishdi. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, yangi mavsumga tayyorgarlikning dastlabki bosqichida asosiy e'tibor futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga qaratiladi. Uch turt kun mobaynida yugurish, engil jismoniy mashqlar yordamida formaga kirishib olingach, kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar jarayoniga o'tiladi.

Tarkib xususida ma'lumot beradigan bo'lsak, yuqorida aytib o'tganimizdek 2014 yilgi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan futbolchilarning barchasi yig'inga yetib kelishdi. Hatto yagona legioner o'yinchimiz Aleksandr Kovalevning ham safda ekanligi jamoadoshlarini xursand etmasdan qolmadi. Albatta, jamoada juziy o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Biroqbu jarayon ertaga klub rahbarlari, murabbiylarning futbolchilar bilan atroflicha suhbatlishishidan keyin oydinlashadi. Hozirning o'zida o'tgan mavsum yoshlari safida o'zlarini ko'rsatishga ulgurgan bir guruh o'yinchilardan tashqari ikki uch nafar yangi o'yinchilar ham Chirchiqqa tashrif buyurishgan. Biroq ularning taqdiri ham birinchi yig'indan keyin hal bo'lishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: metallurg-pfc.uz