So’nggi yangiliklar

02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  0 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  0 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  0 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  2 00:26Каталония дербиси! "Жирона" ва "Барселона" баҳсни қандай таркибда бошлайди?  39 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  7 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  4 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  3 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  96 22:37Шармандалик: Туркияда мухлислар ҳакамнинг бошига велосипед билан зарба беришди!  7 22:33Расман: Жасур Ҳакимов — "Металлург" футболчиси!  0 22:12Назорат баҳси. "Сўғдиёна" - "Динамо" Батуми 2:0  0 21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  45 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  4

“Metallurg” – “So'g'diyona”, bir biriga o'xshamagan taymlar Yangiliklar

“Metallurg” – “So'g'diyona”, bir biriga o'xshamagan taymlar

Bugun Qibray tumani markaziy stadionida mavsumga hozirlik ko'rayotgan “Metallurg” futbolchilari Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

O'yin jizzaxliklarning hujumlari bilan boshlandi. O'n-o'n besh daqiqa bekobodliklarning hujumlari qovushmadi. Ammo himoyachilarning hushyor o'ynashi poytaxt viloyati vakillarining o'zlariga kelib olishlariga yordam berdi. Maydon markazini qo'lga olgan “Metallurg” tayanch yarim himoyachilari Zohid Abdullaevni bir necha marta Dilshod Hamroev bilan randevuga chiqarishdi. SHulardan 24-daqiqadagi vaziyatdan jamoamiz to'purari unumli foydalanib, hisobni ochdi. Birinchi taym tugashiga o'n daqiqa qolganda Abdullaev sheriklarining qanotdan etkazib bergan to'pini bosh bilan urib, “So'g'diyona” darvozasi to'riga tushirdi. Biroq bu vaziyatda qanot hakamining bayrog'i ko'tarilib turganligini ko'rgan hakam golni inobatga olmadi.

Tanaffusdan keyin hududiy ustunlik jizzaxliklar tomoniga o'tdi. 56-daqiqada himoyachi Abror Husinov SHohruz Norxonovga jarima maydoni ichida to'pni tepish imkoniyatini bermadi. SHohruz esa yiqilib tushdi. Vaziyatdan uzoqda qolib ketgan bosh hakam penalti belgiladi. Uni esa “Metallurg”ning sobiq penalti tepuvchisi Dilmurod Karimov bexato amalga oshirdi – 1:1.

Bekobodliklarda ham tez orada shunga o'xshash vaziyat sodir bo'ldi. Sohibjamol Davlatjonovni jizzaxliklar jarima maydonida yiqitishganda, hakam o'yinni davom ettirishga ishora qildi. Bu esa “Metallurg”ning yosh futbolchisiga yoqmadi va u hakamga ochiqcha etiroz bildirib, maydondan chetlatildi. SHu bois maydonda qariyb 30 daqiqa bir kishi kam bo'lib o'ynagan bekobodliklarning yutuqqa erishishidan, mag'lubiyatga uchrash ehtimoli oshdi. Ammo “So'g'diyona” son jihatidan ustunlikdan foydalana olmadi va jamoalar bitimga imzo chekishdi.  



“Metallurg” – “So'g'diyona” – 1:1 (1:0). “Qibray” stadioni. 17.02.2018.
Hakamlar: 
S.Abdurahmonov, N.Afinogenov, S.Ulfatov.
Nazoratchi hakam: R.Qoratoev.
Gollar: Zohid Abdullaev 24, Dilmurod Karimov 56 (penalti).
CHetlatish: Saidjamol Davlatjonov (63).

"Metallurg": Nikita Ribkin, Abror Husinov, Abbos Otaxonov, Akbar Ismatullaev, Jasur Hasanov, SHahzod SHaymanov, Pavel Smolyachenko, Muhammad Isaev, Suhrob Nurullaev, Islom Isoqjonov, Zohid Abdullaev.
Zaxira: Dilyorbek Irmatov, Saidjamol Davlatjonov, Xudoyshukur Sattorov, Andrey SHipilov, Pavel Purishkin, Zabixillo O'rinboev.

“So'g'diyona”: Dilshod Xamroev, Akmal Xolmurodov, SHoxrux Xolmatov, Farxod Miraxmatov, Elyor Orifov (s), Jahongir Abdumo'minov, Doniyor Hasanov, Azamat Isroilov, Umid Qodirov, Sardor Azimov, Andrey Sidorov.
Zaxira: SHirinboy Abdullaev, Ruslan Melziddinov, Sardor Qulmatov, Iqbol Malikjonov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Alisher Ziyovuddinov, Akrom Baxriddinov, Izzatilla Abdullaev, SHoxruz Norxonov, Farxod Yusupov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика