"Metallurg" "Sibir"ni kichik hisobda mag'lub etdi
18 fev 2014 22:58
Yangiliklar


"Metallurg" "Sibir"ni kichik hisobda mag'lub etdi
Hozirgina Antaliyadagi "Atalantis" mehmonxonasiga qarashli katta stadionda Bekobodning "Metallurg" va Rossiya birinchi ligasi vakili "Sibir" klubi o'rtasidagi nazorat uchrashuvi o'z yakuniga etdi.
Birinchi bo'limda jamoalar extiyotkor o'yin ko'rsatishdi va darvozalar ishg'ol etilmadi. 70-daqiqa o'tib borayotgan bir vaqtda SHaxzod Nurmatovning jarima maydoni chizig'idan uzatib bergan to'pini Mirg'iyoz Sulaymonov darvozabon ustidan oshirib darvozaning yuqori to'qqizligiga joylab qo'ydi. Ushbu bahsda boshqa hisob o'zgarmadi. SHunday qilib, "Metallurg" Antaliyadagi birinchi nazorat uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi.
Nazorat uchrashuvi. Antaliya. 18.02.2014
"Metallurg" - "Sibir" 1:0 (0:0)
Gol: Mirg'iyoz Sulaymonov (70)
Nazorat uchrashuvi. Antaliya. 18.02.2014
"Metallurg" - "Sibir" 1:0 (0:0)
Gol: Mirg'iyoz Sulaymonov (70)

Fikrlar