So’nggi yangiliklar

16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  22 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  0 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  3 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  18 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  26 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3

"Metallurg" - "Qizilqum". Prevyu Yangiliklar

"Metallurg" - "Qizilqum". Prevyu

Bugun Superliganing 4-turida "Metallurg" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

“Metallurg” Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan shu kungacha O'zbekiston chempionatlarida 38 bor kuch sinashgan. Mazkur o'yinlarning 13 tasi “Metallurg” g'alaba qozongan. 10 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. 15 ta o'yinda esa “Qizilqum” jamoasining qo'li baland kelgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi 52:47, vohaliklar foydasiga. “Metallurg”ning bu raqibi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi 4:1 ni tashkil etadi. “Qizilqum” esa bitta uchrashuvda bekobodliklar darvozasiga javobsiz beshta to'p yo'llagan.

O'tgan yilgi mavsumda “Metallurg” “Qizilqum”ni o'z maydonida ham, safarda ham bir xil – 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Navoiyda bo'lib o'tgan uchrashuvda Zohid Abdullaev va SHahzod SHaymanovlarning goliga Elguja Grigalashvili bitta aniq zarbasi bilan javob qaytargan bo'lsa, Bekoboddagi o'yinda mezbonlardan Islom Isoqjonov hamda Zohid Abdullaevlar muvaffaqiyat qozonishgandi. Mehmonlardan esa javob goli Nemanya Yovanovich hisobiga yozilgan.



Ushbu jamoalarning Bekobodda bo'lib o'tgan 19 ta uchrashuvidan 10 tasida maydon egalari g'alaba qozonishgan bo'lishsa, 5 ta uchrashuvda jamoalar durangga imzo chekishgan. 4 ta o'yinda mehmonlar zafar quchishgan. Bu uchrashuvlarda “Metallurg” raqiblari darvozasiga 33 ta gol kiritib, o'z darvozasidan 20 ta to'p o'tkazib yuborgan.

Quyida Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi olti uchrashuv natijasi bilan tanishing:

12.08.2018 Metallurg – Qizilqum 2:1
19.06.2017 Metallurg – Qizilqum 3:1
14.10.2016 Metallurg – Qizilqum 1:0
27.06.2015 Metallurg – Qizilqum 4:2
14.06.2014 Metallurg – Qizilqum 1:1
11.05.2013 Metallurg – Qizilqum 3:1



Tanishing, "Metallurg" raqibi: “Qizilqum” (Navoiy)

Navoiyning Qizilqum jamoasiga 1967 yilda asos solingan. Dastavval jamoa Zarafshon shahrida “Progress” nomi bilan tashkil etilgandi. Mamlakat mustaqilligiga qadar jamoa viloyat, respublika birinchiligi hamda sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida o'ynagan. 1992 yilda O'zbekiston birinchiligida qatnashib kelgan jamoa 1999 yili quyi ligada 3-o'rinni egalladi va oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 1994 yildan “Qizilqum” nomi bilan yuritib kelinayotgan jamoa oliy ligadagi uchinchi mavsumida eng yuqori natijasini qayd etdi, yani bronza medaliga sazovor bo'ldi.



Bugungacha navoiyliklar kuchlilar safida 559 ta uchrashuv o'tkazib, shulardan 206 tasida g'alaba qozongan, 114 o'yinda durangga erishgan, 239 o'yinda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi – 704:800. Bu yilgi chempionatning 1-turida “Andijon” darvozasiga kiritigan gol “Qizilqum”ning kuchlilar safidagi 700-yubiley goli sifatida qayd etildi. Qizig'i shundaki, navoiyliklarning yubiley goliga andijonlik mashhur hofiz SHerali Jo'raevning navoiylik futbolchi adashi muallifliklik qildi. Bu mavsumdagi “ko'ngilsiz” yubileylardan yana biri Buxoroda kuzatildi. Doston Ibragimov tomonidan kiritilgan gol navoiyliklarning kuchlilar safida o'tkazib yuborgan 800-golga aylanadi.

“Qizilqum” jamoasining oliy ligadagi eng yirik g'alabasi – 7:0 (2003 yil, “Guliston”), eng yirik mag'lubiyati – 0:11 (2007 yil, “Paxtakor”) tashkil etadi.


Metallurg

Stanislav Andreyev - 19', Zohid Abdullayev - 35', Zohid Abdullayev - 38', Bahrom Abdurahimov - 90'

Superliga. 4-tur

12/04/2019, 18:15

1
:
4
Tugadi

Qizilqum

Mirjalol Qosimov - 25'

45'
90'
19'  Stanislav Andreyev
35'  Zohid Abdullayev
35'  Sergey Tumasyan
38'  Zohid Abdullayev
38'  Muzaffar Muzaffarov
46'  Akbar Ismatullayev (Sukhrob Nurulloyev)
48'  Sukhrob Nurulloyev
74'  Doniyor Usmonov (Islombek Isoqjonov)
90'  Bahrom Abdurahimov
90'  Zohid Abdullayev (Ibrohim Yo'ldoshev)
25'  Mirjalol Qosimov
25'  Medina Smit
57'  Salim Mustafoyev
76'  Elguzha Grigalashvili (Murod Bobojonov)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика