"Metallurg" - "Paxtakor". Uchrashuv prevyusi

Narzulla Saydullayev
17 apr 2018, 13:54
19 aprel kuni "Paxtakor" Superliganing 7-turida Bekobodda "Metallurg"ga qarshi maydonga tushadi.

Oliy ligada jamoalar hozirga qadar 40 bor to'qnash kelishgan. 32 uchrashuvda zafar quchgan "Paxtakor" 4 marta durang o'ynagan va 4 bor imkoniyatni boy bergan. Raqib darvozasi 104 marta ishg'ol qilinib, 32 to'p o'tkazib yuborilgan.

Bekobodda o'tgan 20 o'yinning 14tasida "Paxtakor" g'alabaga erishgan. 4 bellashuvda mezbonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 2 uchrashuvda durang qayd etilgan.

Uchrashuv 19 aprel, payshanba kuni Bekoboddagi "Metallurg" stadionida 18:00da start oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz