So’nggi yangiliklar

13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  0 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  4 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  0 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   16 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  20 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  7 08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  13 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  8 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  25 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  3

"Metallurg": O'zbekiston kubogi 1/16 final uchrashuviga tayyorgarlik davom etmoqda Yangiliklar

"Metallurg": O'zbekiston kubogi 1/16 final uchrashuviga tayyorgarlik davom etmoqda

Teglar :  MetallurgBunyodkor
O'zbekiston terma jamoasining JCH-2018 doirasidagi ikki muhim uchrashuvi bois 3-tur uchrashuvlaridan bo'sh qolgan "Metallurg" futbolchilari aynan tur uchrashuvlari o'tkazilgan sanada, "Bunyodkor" akademiyasi maydonida mezbonlarga qarshi nazorat-o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Birinchi navbatda futbolchilarni o'yin amaliyoti bilan taminlashni maqsad qilgan murabbiylarimiz qo'l ostidagi o'yinchilarning barchasiga maydonga tushish imkoniyatini berishdi. O'z navbatida jarohati bois dastlabki ikki turda maydonga tusha olmagan Murodjon Toshmatovning mashg'ulotlarga kirishganligi muxlislarimizni xursand etmasdan qolmaydi. Toshmatov shu kuni birinchi taymda to'liq faoliyat yuritdi.

Uchrashuv esa mezbonlarning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi taymda Sardorbek Azimov tomonidan kiritilgan gol o'yinda yagonaligini saqlab qoldi. Mazkur o'yindan keyin futbolchilarga bir kunlik dam berildi. Dushanba kunidan esa jamoamiz azolari CHirchiqdagi “Kimyogar” stadionida O'zbekiston kubogi 1/16 final bosqichi uchrashuviga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Eslatib o'tamiz, qura natijasiga ko'ra “Metallurg” bu bosqichni Toshkentda – “NBU-Osiyo” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

“Bunyodkor” – “Metallurg” – 1:0. Nazorat uchrashuvi.
Gol:
Sardor Azimov.
Metallurg: Suhrobjon Sultonov, Hikmat Hoshimov, Islomjon Qobilov, Mirg'iyos Sulaymonov, Murodjon Toshmatov, Ayubxon No'monov, Alisher Ziyovuddinov, Doniyor Ismoilov, Sanjar Qodirqulov, Timur Usmonov, Zohid Abdullaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Davronbek Karimqulov, Vusol Magerramov, Dostonbek Tursunov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Jahongir Abdumo'minov, Kamronbey Kopadze, Muhammadodil Qahramonov, Farhod Namozov, Islombek Isoqjonov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика