"Metallurg" o'z tarixida ilk bor safarda yirik g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2015, 10:54
Bekobodning "Metallurg" klubi oliy liganing 13-turida Buxoroda "Buxoro" mehmoni bo'lib 3:0 hisobida zafar quchdi.
Ushbu g'alaba Rustam Mirsodiqov shogirdlari uchun tarixiy bo'ldi. Sababi shu kuni 1998 yildan buyon oliy ligada ishtirok etib kelayotgan jamoa o'z tarixida ilk bor safarda yirik g'alabaga erishdi.

"Metallurg" oliy ligada bugunga qadar 507ta o'yin o'tkazib 162 marta g'alaba qozongan. Jamoa 590 ochko to'plab umimiy ro'yxatda 11-pog'onada bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia