“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Paxtakor” yoshlarini mag'lubiyatga uchratdi
25 mar 2018 19:45
Yangiliklar


“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Paxtakor” yoshlarini mag'lubiyatga uchratdi
Raqib “Paxtakor” jamoasi yoshlar tarkibi bo'ldi va o'yinda bekobodliklar yirik hisobda g'alaba qozonishdi. “Metallurg”ning tajribali o'yinchilari tomonidan kiritilgan to'rtta golga yosh paxtakorchilar javob qaytarisha olmadi – 4:0. Gollarning uchtasi birinchi taymda, bittasi esa ikkinchi bo'limda kiritildi.
O'yinda Superliga vakillari yirik hisobda g'alaba nashidasini surishgan bo'lishsa-da, yosh paxtakorchilarning hatti harakati ham muxlis-u mutaxassislarga manzur bo'ldi. Bekobodliklarning himoya chizig'i hamda darvozaboni ishonchli o'ynamaganida yosh “sherlar” o'zlari uchun ancha ijobiy natijani qayd etishlari ehtimoli ham yo'q emasdi.
“Metallurg” – “Paxtakor” (Yoshlar) – 4:0.
Gollar: Islom Isokjonov (2), Jasur Hasanov (9), Pavel Purishkin (17), Zohid Abdullaev (58).
“Metallurg”: Javohir Ilyosov, Abror Xusinov, SHerzod Fayziev, Akbar Ismatullaev, Dilyorbek Irmatov, Muhammad Isaev, Jamshid Yusupov, SHahzod SHaymanov, Jasur Hasanov, Islom Isoqjonov, Pavel Purishkin.
Ikkinchi taymda maydonga tushganlar: Zohid Abdullaev, Javohir Sohibov, Zafar To'raev, Pavel Smolyachenko, Abror Toshqo'ziev, Saidjamol Davlatjonov, Andrey SHipilov, Xudoyshukur Sattorov, Muhammadjon Sultonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar